"Barselona" La Liganing 4-turini 6 ming kishilik stadionda o‘tkazmoqchi

  • 27 avgust, 16:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" 6 ming kishilik stadionda "Valensiya" bilan o‘ynashi mumkin.

Tecno

Kataloniyaliklar 2025/26 yilgi mavsum uchun uy stadioni tanlash ustida ishlashda davom etmoqda. Klub qayta qurilayotgan "Kamp Nou"dan foydalanish uchun zarur bo‘lgan va tomoshabinlar xavfsizligini kafolatlaydigan litsenziyalarni olishni kutmoqda. Bu borada amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, stadionni foydalanishga topshirish uchun shahar kengashidan dastlabki ruxsatnoma olinmagan.

Hozirda "Barsa"ning taqvimida La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi ilk uy uchrashuvi 13 yoki 14 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Qurilish ishlarining borishini hisobga olgan holda, klub allaqachon "Kamp Nou"dan foydalanishni istisno qilgan.

Ayni paytda 6 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Estadi Yoxan Kroyff" stadioni o‘yin o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy joy bo‘lib turibdi, deb yozadi Marca.

"Mestalya"dan foydalanishning iloji yo‘q, chunki La Liga "Barselona"ga dastlabki to‘rt turni safarda o‘tkazishni rad etdi.

Klub o‘tgan mavsumda o‘yinlar o‘tkazilgan "Olimpik Lyuis Kompanis"ni ham ko‘rib chiqqan edi, ammo 12 sentyabr kuni arenada kontsert bo‘lib o‘tadi, shuning uchun maydonni o‘yinga tayyorlash muammo bo‘ladi. "Jirona"ning uy stadioni - "Montilivi" varianti ham ko‘k-anorrangga unchalik mos kelmaydi.

Shuning uchun hozirda Kroyff nomidagi o‘yingoh asosiy variant hisoblanadi. Biroq, o‘yinni o‘tkazish uchun La Liganing maxsus ruxsati kerak, chunki reglamentga ko‘ra chempionat jamoasi stadionining minimal sig‘imi 15 000 o‘rinni tashkil qiladi.

"Barsa" La Ligani bunday qarorga kelishga ishontirmoqchi, chunki gap mavsumdagi barcha o‘yinlar emas, balki faqat bitta o‘yin haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, shu payshanba kuni "Barselona" Evropa Chempionlar Ligasining barcha uy uchrashuvlarini qaerda o‘tkazishini UEFAga ma’lum qilishi kerak. Klubda "Kamp Nou"ni e’lon qilishmoqchi, ammo "Olimpik Lyuis Kompanis" varianti ham bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!