
"Barselona" kutilmagan transferga qo‘l urishi mumkin
"Barselona" ushbu yozgi transferlar oynasida o‘z muhlislarini kutilmagan transfer bilan mamnun etmoqchi.
El Nacional nashrining xabar berishicha, klub sport direktori Deku "ko‘k-anorranglilar" safini braziliyalik vinger Antoni bilan to‘ldirmoqchi. Hozirda, klub vakillari hujumchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishmoqda.
Manbada yozilishicha, 25 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flikning hujumkor o‘yin uslubiga mos tushadi. Bundan tashqari, Antoni ushbu mavsum "Betis" safida Ispaniya chempionatida yuqori darajada o‘ynay olishini isbotladi.
Antonining transfer huquqi hozirda "Manchester Yunayted" ga tegishli bo‘lib , Klub uni o‘z rejalariga kiritmagan. Qolaversa "Betis" ham moliyaviy holati tufayli futbolchini to‘liq transfer qila olmaydi.
Ayni damda, Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Antoni "Betis" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
G‘ofurov Asqarbek
Fikrlar