“Barselona” katta transferga qo‘l uryapti

  • 4 oktabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya superklubi yaqin kelajakda Robert Levandovski o‘rnini egallaydigan to‘purar hujumchi qidirmoqda.

Tecno

Ispaniyaning Sport nashri kataloniyaliklar “Lill” forvadi Jonatan Devidni kuzatayotganini ma’lum qildi.

“Barselona” mutasaddilari kanadalik hujumchini yozgi transferlar davrida Kataloniyaga ko‘chirib kelmoqchi.

Jonatan Devidga anchadan beri grand klublar og‘iz solmoqda. 24 yoshli futbolchining  o‘zi bundan xabardor va shu bois, yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortyapti.

Har holda erkin agent maqomida superklublardan ish topish oson kechadi.

“Barselona” 36 yoshli Robert Levandovski o‘rniga yosh, chaqqon va tezkor forvard kerakligini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!