"Barselona" hujumchisini APL grandlari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda

  • 25 aprel, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" hujumchisi Ansu Fati mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. TodoFichajes xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga Premer-liganing uchta klubi - "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" xaridor bo‘lmoqda.

Kataloniya klubi esa Fatini sotishga qarshi emas, lekin uning tez-tez jarohat olishi sababli, unga xaridor jamoalar futbolchini ijaraga olish varianti yanada haqiqatga yaqinroq hisoblanadi.

Qayd etilishicha, “Arsenal” va “Tottenxem” Fati uchun kurashda “Nyukasl”dan oldinda. Ular allaqachon "Barselona" bilan muzokaralar boshlab yuborgan.

Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Ansu Fatining hozirgi paytdagi transferini 35 million evroga baholamoqda. Ispaniyalik futbolchi joriy 2022/2023 yilgi mavsumda jami 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!