
"Barselona" himoyachisi jamoani tark etish arafasida
29 yoshli Daniya terma jamoasi himoyachisi Andreas Kristensen yozgi transfer oynasida "Barselona" klubi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tajribali himoyachi va klub o‘rtasida potentsial transfer borasida muzokaralar olib borilmoqda. Kristensen o‘tgan mavsumda "blaugranaliklar" safida atigi 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 3 marta sariq kartochka oldi. Himoyachi mavsumning asosiy qismini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Andreasning transfer bahosi 12 million evroni tashkil etadi.
Bundan tashqari, u Dani Olmoning ro‘yxatga olinishi uchun umumiy ro‘yxatdan ham chiqazilgan edi.
Fikrlar