
"Barselona" futbolchisi yangi mavsumni Rossiyada boshlashi mumkin
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 27 yoshli frantsuz futbolchisining xizmatlariga "Zenit" jiddiy qiziqib qolgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Rossiya chempioni Umtitini joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. “Zenit” bu borada allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.
O‘z navbatida, kataloniyaliklar ham Samyuel bilan xayrlashishga tayyor. Ammo “Zenit”ga o‘tishni futbolchining o‘zi hal qiladi. Boisi, unga boshqa klublardan ham takliflar bor.
Umtiti joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar