
"Barselona" futbolchisi uchun Milan grandlari kurash boshladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom katta ehtimol bilan mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartiradi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda 22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Inter", "Milan" va "Lill" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 14ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Malkomni o‘tgan yoz “Bordo”dan 41 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar