
"Barselona" futbolchisi qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto tez orada safga qaytishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi tiklanish jarayonining so‘nggi bosqichini o‘tamoqda. U La Liganing 31-turidan o‘rin olgan "Atletik" Bilbaoga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
28 yoshli Roberto noyabr oyi o‘rtalaridan buyon maydonga tushmay kelayotgan edi. U joriy mavsum “Barselona” safida 10 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar