"Barselona" asosiy tarkibning ikki futbolchisi jarohati haqida ma’lumot berdi

  • 22 noyabr, 2020, 06:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" matbuot xizmati jamoa himoyachilari Jerar Pike va Serxi Robertoning jarohati sababini ma’lum qildi.

Tecno

Pike "Atletiko" bilan o‘yinning 62-daqiqasida maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi, unga shifokorlar yordam ko‘rsatishdi. Roberto esa, ushbu uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynadi. Pikega o‘ng tizza bo‘g‘imlari shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, Robertoga o‘ng sonning mushaklari lat edi.

Ikkala futbolchi ham qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkaziladi, shundan so‘ng jarohatlarning qay darajada og‘irligi aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!