
"Barselona" afsonasi faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Kataloniya klubini tark etishi mumkin.
"Ok Diario" nashri xabariga ko‘ra, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone 35 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Argentinalik mutaxassis Pike hamon top-futbolchi ekanligiga va yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonch bildirmoqda.
Pike "Barselona"dagi hozirgi holatidan unchalik mamnun emas. U ko‘proq o‘yin amalyotiga ega bo‘lishni istamoqda. 2022/23 yilgi mavsum futbolchi La Ligada bor yo‘g‘i 1 ta, Chempionlar Ligasida esa bir taym o‘yin o‘tkazgan. Pikening yuqori maoshini inobatga olib, "Barselona" o‘z afsonasini sotishga qarshi bo‘lmasligi mumkin.
Fikrlar