"Barselona" - "Bavariya". Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi

  • 23 oktabr, 2024, 19:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Chempionlar ligasining navbatdagi turi doirasida "Barselona" - "Bavariya" jamoalari bahs olib boradi.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" "Bavariya"ga qarshi ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba nima ekanligini bilmay kelmoqda. 

Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.

"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda "Barsa"ning g‘alabasiga ishonmoqda: "Barselona" 3:2 "Bavariya"

"SportMole" ham mezbonlarning zafar quchishini taxmin qildi: "Barselona" 3:1 "Bavariya"

"Sportingnews" nashrining yozishicha minimal ustunlikda mehmonlarning qo‘li baland keladi: "Barselona" 1:2 "Bavariya"

Mashhur "90MIN" nashrining taxminiy hisobi: "Barselona" 2:1 "Bavariya"

Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:1 hisobida "Barsa" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!