“Barsa”ning kutilmagan qarori

  • 24 iyul, 2020, 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida jamoaga kerak bo‘lgan futbolchilarni belgilab oldi.

Tecno

Xususan, “Barselona” rahbariyati kutilmaganda PSJdan Anxel Di Mariyani olishga harakatiga tushib qoldi. Kataloniyaliklar yoshi katta futbolchilaridan voz kechayotgan bir paytda faoliyatining intihosi yaqinlashib qolgan argentinalik yarim himoyachiga e’tibor qaratishi ko‘pchilikni ajablantirmoqda. Biroq "Barsa" uni Usmon Dembelening o‘rniga o‘ynatmoqchi. Bu futbolchining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanishi bois, uning transfer summasi katta bo‘lmaydi. 

Shuningdek, kataloniyaliklar Ivan Rakitich o‘rnini “Roma” vakili Lorentso Pellegriniga bermoqchi. 24 yoshli italiyalik futbolchi A Seriyada jami 78 ta o‘yinda ettita gol urgan va 18 ta golli pas uzatgan. Pellegriniga Italiyaning grand klublaridan ham takliflar bo‘lmoqda.

La Ligada kuchli o‘yin ko‘rsatayotgan himoyachi Pau Torres ham “Barsa” e’tiboridan chetda qolmadi. “Vilyarreal” bu futbolchisini 50 million evroga berishga tayyor. Pauga Gvardiola ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!