
“Barsa”dan kutilmagan yurish: Laporta besh nafar superfutbolchini nishonga oldi
Mavsumni yuqori darajada boshlagan “Barselona” chempionat yarmiga kelib, Madrid klublari bilan raqobatlashishga qiynalib qoldi. Musobaqa jadvalida “Atletiko” va “Real” kataloniyaliklardan o‘zib ketdi.
“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta tarkibni yanada kuchaytirishga qaror qildi. Sport.es saytining yozishicha, kataloniyaliklar besh nafar hujumkor futbolchini nishonga oldi.
Klub uchun asosin nishon “Atletik” yulduzi Niko Uilyams hisoblanadi. “Barselona” yozda uni olishga urinib ko‘rgan edi. Agar Uilyamsning transferi yana o‘xshamasa, zaxira varianti sifatida yana to‘rt nafar superfutbolchi ro‘yxatga kiritildi.
Demak, “Barselona” mutasaddilari yozda Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”), Rafael Leau (“Milan”) va Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) uchun ham kurashadi. Biroq bu transferlar klubdan katta xarajat talab qiladi.
Ekspertlar “Barselona”ga navbatdagi nishon Kristofer Nkunkuni olish osonroq kechishini ta’kilamoqda. Frantsiyalik universal hujumchi “Chelsi”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va ketish choralarini ko‘rmoqda.
Fikrlar