“Barsa” yulduzi ashaddiy raqib safiga o‘tadi

  • 30 may, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning mashhur himoyachisi Jordi Alba tez orada klubni tark etishi lozim bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida tarkibni sezilarli darajada yoshartirishga e’tibor qaratadi.

Tecno

Buni inobatga olgan “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone 32 yoshli himoyachini o‘z jamoasiga taklif qilmoqda. “Barselona”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan madridliklar chap qanot himoyasidagi muammolarni Jordi Alba yordamida yopmoqchi.

O‘tgan yili “Barselona” Luis Suaresdan voz kechganidan keyin Simeone urugvaylik hujumchiga jamoadan boshpana bergandi va aynan mana shu futbolchining gollari “Atletiko”ga chempionlikni taqdim etdi. Suaresning o‘zi hal qiluvchi gollari bilan yangi jamoasiga 33  ochko keltirdi.

Yakunlangan mavsumda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urgan Albaning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. U “Barsa” tarkibida 2012 yildan beri to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!