
“Barsa” va “Atletiko” shov-shuvli rokirovkaga qo‘l urmoqda
“Barselona” va “Atletiko” yulduzlarini almashtirishga tayyorlanmoqda. Kataloniyaliklar Antuan Grizmanni madridliklar safiga qaytarib, o‘rniga 26 yoshli yarim himoyachi Saul Nigesni olib kelomqchi.
Keyingi paytda Saul jamoasini o‘zgartirish ilinjida yuribdi. Sababi u Diego Simeone jamoasida etakchilik mavqeini boy bera boshladi. Unga grand klublardan jiddiy takliflar ham bor. Biroq “Atletiko” katta summa so‘rayotgani transferga to‘sqinlik qilmoqda.
“Barselona” maosh fonidini qisqartirish uchun katta maosh oladigan yulduzlaridan, xususan, Grizmanndan voz kechishga tayyor. Frantsiyalik futbolchi ham ketishga rozi bo‘lgan. Qolaversa, u Kataloniya klubida “Atletiko”da namoyish etgan sermahsul o‘yinini ko‘rsata olmadi. Antuan o‘tgan mavsumda 51 ta uchrashuvda qatnashib, 20 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi.
Saul esa “Atletiko” safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist yozib qo‘ydi.
Fikrlar