"Barsa" sobiq murabbiyi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

  • 3 mart, 15:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisni Turinning "Yuventus" jamoasi o‘z safiga jalb qilish niyatida. Jamoa rahbariyati Tyago Mottaning faoliyatidan qoniqishmayapti va uning iste’fosi masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Xavi keyingi mavsum boshlanishidan avval italiyalik mutaxassisning o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, "Yuventus" A Seriyaning turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Turin jamoasi 49 ochko to‘plab, peshqadam "Inter"dan 8 ochko orqada qolmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!