“Barsa” “Real” kutayotgan yulduzni ilib ketmoqchi

  • 18 avgust, 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning ikki grandi – “Real” va “Barselona”ning transfer bozoridagi manfaatlari bir futbolchi ustida to‘qnashdi.

Tecno

“Qirollik klubi” anchadan beri “Liverpul” himoyachisi Ibrohim Konateni olishni rejalashtirib yuribdi. Madridliklar Angliya chempionining transfer bozoridagi harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Florentino Peres frantsiyalik futbolchini imkon bo‘lsa shu yoz badal puli to‘lab bo‘lsa ham transfer qilmoqchi. Asl maqsad esa, Konateni kelasi yoz erkin agent maqomida qo‘lga kiritishdan iborat.

Endi 26 yoshli himoyachi uchun kurashga “Barselona” ham qo‘shildi.  Sempre Barca nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar hamkorlik masalasida Konate agentlariga bog‘langan. Futbolchi boshqa klublar qatori “Barselona” bilan ham transfer bo‘yicha muzokaraga tayyorligini bildirgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!