“Barsa” Messini olish uchun boshqa yulduzini qurbon qiladi

  • 4 noyabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarning asosiy maqsadi Lionel Messini qaytarish va “Manchester Siti”dan Bernardu Silvani sotib olishdan iborat.

De Yongning transferidan keladigan mablag‘ ana shu rejani amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Niderlandiyalik futbolchining narxi pasayib ketayotgani ham kataloniyaliklarni undan tezroq qutilishga majbur qilyapti. Yozda “Manchester Yunayted” Frenki uchun 90 million evroga yaqin pul taklif qilgandi. Biroq, futbolchi jamoasini alishtirishni istamadi.

Ayni paytda Frenki de Yong jamoada avvalgidek asosiy figura emas. Transfer summasi ham 60 million evro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!