
“Barsa” Levandovski kutmagan qarorga keldi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoaning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Amaldagi shartnoma bo‘yicha polshalik hujumchi bilan hamkorlik joriy mavsum oxirida yakunlanishi kerak. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniga ega.
Diario Sport nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar 37 yoshli hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmaydigan bo‘ldi. Bunga asosiy sabab sifatida Levandovskining yoshi o‘tib qolgani ko‘rsatilmoqda.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flik kelasi mavsumdan asosiy hujumchi pozitsiyada Ferran Torresni o‘ynatmoqchi. Ispaniyalik forvard o‘tgan mavsumda Levandovskining o‘rinbosari sifatida o‘ynab, o‘z oliga qo‘yilgan vazifalarni yaxshi uddalagani aytilmoqda.
Bir necha manbalarning yozishicha, 2022 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelayotgan Robert faoliyatining yakuniy bosqichini Saudiya Arabistoni chempionatida o‘tkazishi ehtimoli katta.
Fikrlar