
“Barsa” gol urish bo‘yicha bu ishni uddalagan yagona jamoa
Ispaniya chempionatining uchinchi turidan o‘rin olgan “Vilyarreal” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda darvozalarga jami ettita to‘p kiritildi.
Xavi Ernandes shogirdlaridan Gavi va Frenki de Yong 15 daqiqa ichida ketma-ket ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchining goli kataloniyaliklarnipng “Vilyarreal” darvozasiga kiritgan jami 100-goli sifatida qayd etildi.
Shu tariqa, “Barselona” La Liga tarixida “Vilyarreal” darvozasini yuz marta ishg‘ol qilgan birinchi jamoaga aylandi.
O‘yinning qolgan daqiqalarida “Barselona” vakillaridan Ferran Torres va Robert Levandovski ham bittadan gol urib, mehmonlarning 4:3 hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
“Vilyarreal”ning uch goliga Xuan Foyt, Aleksander Syorlott va Aleks Baena mualliflik qildi.
Fikrlar