"Barsa" futbolchisi "Granada"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

  • 4 fevral, 2021, 13:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto Ispaniya Kubogi 1/4 final bosqichi "Granada"ga qarshi bahsda (5:3) jarohat oldi.

Tecno

Uchrashuvning 57-daqiqasida 28 yoshli futbolchi zaxiraga olindi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ispaniyalik o‘ng soni mushaklaridagi og‘riq sezmoqda. Jarohat haqida tibbiy ko‘rikdan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Roberto noyabr oyida olgan jarohati sabab ikki oydan ortiq maydonga tusha olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!