“Barsa” eng katta maosh oladigan ikki yulduzni ko‘chada qoldirmoqchi

  • 29 oktabr, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati eng katta maosh olayotgan Jordi Alba va Jerar Pikening shartnomasi yakunlangunga qadar sabr qilmoqchi emas.

Tecno

Klub mutasaddilari mavsum yakunlanishini kutmasdan, yanvar oyining o‘zida bu ikki qariya bilan tezroq xayrlashish bo‘yicha ish olib bormoqda. Har ikki o‘yinchi katta maosh oladigan o‘yinchilar ro‘yxatining eng yuqori ikki pog‘onasini egallab turibdi.

Sport nashrining ma’lum qilishicha, rahbariyat Alba va Pikeni shartnomani muddatidan oldin, ya’ni qishki transferlar arafasida bekor qilishni taklif etmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ikki yulduz ham bu taklifni qabul qilishga shoshilmayapti.

“Barselona” bu mavsum Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘tolmadi. Endi kataloniyaliklar moliyaviy vaziyat yanada og‘irlashmasligi uchun maoshlar fondini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Buning eng maqbul varianti jamoaga foyda keltirmayotgan, lekin katta maosh olayotgan yoshi o‘tib qolgan o‘yinchilar bilan xayrlashishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!