
Bahodir Jalolovning azaliy raqibi faoliyatini yakunladi
So‘nggi 10 yilda og‘ir vazn toifasidagi juda ko‘plab bokschilar o‘z faoliyatini yakunladi.
Shular qatorida, qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempionatining ikki karra finalchisi, Osiyoda to‘rt karra kumush medalni qo‘lga kiritgan Kamshybek Kunkabaev qo‘lqoplarini mixga ildi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Bahodir Jalolov va Kamshybek Kunkabaev havaskor boksda 10 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning 7 tasida "Katta o‘zbek", 3 tasida Qozog‘iston vakili g‘alabani tantana qilgan.
Fikrlar