
BAAdan xushxabar! Yosh MMAchimiz terma jamoamizga ilk oltin medalni taqdim etdi
BAAda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida MMA bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Abubakr Mirzaxo‘jaev terma jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi.
Abubakr ushbu dunyo birinchiligida besh bor oktagonga ko‘tarildi. Dastlabki jangda ukrainalik raqibini taslim etgan yurtdoshimiz final yo‘lida yana bir qancha kuchli sportchilarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Oltin medal uchun bahsda esa Mirzaxo‘jaev tojikistonlik Mirzoyusuf Umarov ustidan muddatdan avval g‘alaba qozonib, jahon chempioni nomini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Abubakr Qo‘qon shahri "Medved" klubi a’zosi, tajribali murabbiy Dilshod Mirzaxo‘jaevning shogirdi va farzandi hisoblanadi.
Fikrlar