
Azizbek Abdug‘ofurovning qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi
Profescional boksning super o‘rta vazn (76 kg) toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini 28 fevralda o‘tkazadi. Bu haqda bokschining menejeri xabar bermoqda.
Azizbek Abdug‘ofurov 2018 yilda Dimitriy Chudinov ustidan g‘alaba qozonib, WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan edi. Angliyaning "Queensberry" promouterlik kompaniyasi sobiq a’zosi bo‘lgan yurtdoshimiz hozirda erkin agent va u "Vladimir Promotions" bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda.
"Aziz WBC reytingida 2-o‘ringacha ko‘tarilgan edi. Ammo biz "Queensberry" promouterlik kompaniyasi bilan ushbu o‘rinni saqlab qola olmadik. Shu sababli, biz shartnomani bekor qilib, WBC chempionlik kamari uchun yana qayta harakat qilmoqchimiz." -dedi menejer Vikram Shvapragasm.
Fikrlar