
Aziz G‘aniev Iroqqa qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi
Milliy tarma jamoamiz FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun mashg‘ulot olib bormoqda. Dubaydagi yig‘inga jalb etilgan Aziz G‘aniev O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi:
"Klubga moslashish jarayonida biroz qiynaldim. Biroq asta-sekinlik bilan o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatib, murabbiyning ishonchini qozonib, asosiy tarkibga kirdim. Xudoga shukr, hozir asosiy tarkib futbolchisiman va hammasi joyida.
O‘yinoldi mashg‘ulot jarayonlarida 2-3 kishi bo‘lib jarimadan zarba yo‘llashni mashq qilamiz. Men yaxshiroq tepganim uchun murabbiy buni menga ishonib topshirmoqda. Iroq terma jamoasi ancha yaxshi raqib. Ularning kuchsiz va kuchli tomonlarini o‘rgandik. Qiyin o‘yin bo‘ladi.
Murabbiy meni qaysi pozitsiyada harakat qilishimni istasa, o‘sha erda o‘ynashga tayyorman. Ba’zida Ro‘ziqul Berdiev ham meni himoyada o‘ynatar edi. Shuning uchun, o‘tgan o‘yinda katta qiyinchilikka duch kelmadim. Aslida, maydon markazida harakat qilishni yoqtiraman".
Fikrlar