
"Ayaks" futbolchisi ham Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
Stiven Bergveyn Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l oldi. "Ayaks" 26 yoshli yarim himoyachining "Al-Ittihod"ga o‘tganini e’lon qildi. Transfer summasi 21 million evroga baxolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 2023/24 yilgi mavsumda Bergveyn Niderlandiya eredivizionda jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar