Avliyoxon Hamidovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

  • 6 aprel, 2022, 21:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

21 may kuni Qo‘qon shahri "Muradov_Professional_Liga 5" turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur jang kechasida bir qator yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilari oktagonga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. 

Tecno

Jumladan, 77.1 kg vazn toifasida faoliyat yuritadigan Shohasan Mirzamatov (9-1) Qirg‘iziston vakili Edil Esengulovga (5-0) qarshi oktagonga ko‘tarilsa, bugunga kelib yana bir taniqli vakilimizning raqibi aniq bo‘ldi. Ya’ni, Avliyoxon Hamidov rossiyalik mag‘lubiyatsiz odimlayotgan, Zayundin Suleymanovga qarshi jang qiladi. 

Ma’lumot uchun, Suleymanov professional faoliyati mobaynida 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimizning ko‘rsatkichi esa 11-4-1ko‘rinish olgan.

277923997_2020553161447708_5227459642360592303_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!