
"Atletiko"ning yangi sardori kim bo‘ldi?
Madridning “Atletiko” klubi o‘zining yangi sardori nomini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar”ga bundan buyon Koke sardorlik qiladi. Yan Oblak, Xose Mariya Ximenes va Saul Nigeslar esa vitse-sardor sifatida qayd etilishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko”ning avvalgi sardori Diego Godin mavsumlar oralig‘ida “Inter”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar