"Atletiko"ga qarshi muhim o‘yin oldidan "Barselona"da yana bir jiddiy yo‘qotish

  • 6 yanvar, 2023, 16:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 16-turida peshqadam "Barselona" azaliy raqobatchilaridan biri "Atletiko" maydoniga safar qiladi.

Tecno

Ushbu bahs oldidan kataloniyaliklarda tarkib bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Usmon Dembele madridliklarga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik hujumchi kubok doirasidagi "Intersiti"ga qarshi o‘yinda o‘zini noqulay his qilgan. Murabbiylar shtabi uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamaydi.

Avvalroq, diskvalifikatsiya tufayli Robert Levandovski ham "matraschilar" bilan bellashuvda jamoasiga yordam bera olmasligi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!