
"Atletiko"da birorta uchrashuvda ham maydonga tushmagan Simeonening o‘g‘li klub bilan shartnomasini uzaytirdi
“Atletiko” Madridning hujumkor yarim himoyachisi Juliano Simeone klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar shartnomani 2025 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirishdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli argentinalik futbolchi "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi. Kichik Simeone hali "Atletiko"ning asosiy jamoasida debyut qilganicha yo‘q.
Fikrlar