"Atletiko" Tripperning narxini e’lon qildi

  • 17 iyun, 2021, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Atletiko" himoyachi Kiran Tripperni qanchaga sotishini ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “matraschilar” angliyalik futbolchini 43 million funtdan kamiga qo‘yib yuborishmaydi. Biroq, shu bilan birga ularda Tripperni saqlab qolish istagi ham mavjud.

Bundan avvalroq Kiranga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin "Atletiko" haligacha “qizil iblislar”dan bu borada rasmiy taklif olganini ma’lum qilmadi.

Tripper “Atletiko” safiga 2019 yilning yozida “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum “matraschilar” safida 34 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!