
"Atletiko" safida portugaliyalik darvozabon paydo bo‘lishi mumkin
Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi darvozaboni Joze Sa "Atletiko"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqla Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manabaga ko‘ra, “matraschilar” 27 yoshli portugaliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Sa “Atletiko” tarkibida Yan Oblakdan keyingi ikkinchi darvozabon Antonio Adanning o‘rnini egallashi mumkin.
Joze Sa joriy mavsum "Olimpiakos" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar