
"Atletiko" o‘z muxlislarini xushnud eta olmadi (video)
Bugun Ispaniya La Ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Atletiko” hamda “Selta” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Madridda kechgan uchrashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “matraschilar” ushbu o‘yindan so‘ng hozircha 10 ochko bilan 2-o‘rinda borishmoqda, ochkolari sonini 5 taga etkazib olgan vigoliklar esa turnir jadvalida 14-pog‘onadan joy olishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar