
"Atletiko" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni taslim qildi va chempionlik uchun muhim qadam tashladi (video)
Ispaniya chempionatining 36-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qildi.
Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechgan bahs 2:1 hisobida “matraschilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Atletiko”ning gollariga Yannik Ferreyra-Karrasko (16') va Anxel Korrea (28') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Real Sosedad”ning yagona javob golini Igor Subeldiya (83') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar