
"Atletiko" "Inter" hujumchisini sotib olishni xohlagandi, ammo...
"Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines shu yoz "Atletiko"ga o‘tishi mumkin edi, ammo bu kelishuv amalga oshmadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya klubi rahbariyati "neradzurrilar"ga hujumchi uchun 50 million evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Milan klubi Martinesni kamida 80 million evroga sotishini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng "matraschilar" hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishgan.
Martines yakunlangan mavsum A Seriyada jami 38 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar