"Atletiko" Grizmanning transferi bo‘yicha o‘z shikoyatini qaytarib oladi

  • 20 avgust, 2019, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi mavsumlar oralig‘ida “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha boshqa shikoyat qilmaslikka qaror qildi.

Tecno

Sport.es nashrining xabar berishicha “matraschilar” 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha La Ligaga bergan arizasini qaytarib olishadi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Grizmanni iyul oyida 120 million evrolik tovon pulini to‘lab, sotib olishgan edi. Biroq, madridliklar “Barsa” vakillari uni mart oyidayoq, ya’ni tovon puli 200 mln evrolik paytidayoq o‘z tomoniga og‘dirib, shartnoma imzolatib olganlikda ayblashgan va qolgan pulni to‘lashi lozimligini iddao qilishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!