
"Atletiko" argentinalik etakchisi noma’lum muddatga safdan chiqqanini tasdiqladi
"Atletiko"ning tayanch yarim himoyachisi Rodrigo de Paul Argentina terma jamoasida jarohat oldi. Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchining son mushaklarida muammo bor.
Manbaning yozishicha, ayni paytda futbolchi shifokorlar nazorati ostida trenajyor zalida reabilitatsiya kursini o‘tamoqda. Uning tiklanishining aniq vaqti hozircha noma’lum.
29 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatining joriy mavsumda uchta uchrashuvida qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. De Paulning "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar