"Atletik" futbolchisi 10 oyga doping uchun diskvalifikatsiya qilindi

  • 8 sentabr, 15:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

'Atletik Bilbao" himoyachisi Yeray Alvares 10 oyga maydondan chetlatildi. Bu haqda klub rasman ma’lum qildi.

Tecno

Iyul oyida futbolchida doping-test musbat chiqqanidan keyin vaqtincha chetlatilgan edi. Alvares taqiqlangan modda soch to‘kilishiga qarshi dori tarkibida bo‘lganini aytdi.

UEFA intizomiy organi futbolchi taqiqlangan moddani qasddan qabul qilmaganini tan oldi, ammo baribir uning javobgar ekanini ta’kidladi.

Diskvalifikatsiya 2 iyundan amal qila boshlaydi. Shu bois, ispaniyalik himoyachi 2 apreldan maydonga qaytishi mumkin. Jamoa bilan mashg‘ulotlarga esa 2 oy avval kirishadi.

Yaqin kunlarda Alvares matbuot anjumani o‘tkazib, vaziyatni izohlab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!