"Atalanta" sardorini okean ortiga chorlashmoqda

  • 16 dekabr, 2020, 22:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan til topisha olmayotgani sabab jamoadan ketayotgan “Atalanta” sardori Alexandro Gomes faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin

Tecno

Tuttosport nashrining xabar berishicha, 32 yoshli argentinalik futbolchi uchun MLSda ishtirok etuvchi "Tsintsinnati" klubi 15 mln evro taklif qilmoqchi.

Gomes “Atalanta” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!