"Aston Villa" Martines o‘rniga Frantsiyadan darvozabon topdi

  • 25 iyul, 20:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" darvozabon Emiliano Martinesning kelajagi noaniq qolar ekan, klub rahbariyati uning o‘rnini bosadigan posbonni izlashga kirishdi.

Tecno

"L’Equipe" nashrining xabariga ko‘ra, birmingemliklar "Lill" posboni Lyuka Shevalega qiziqish bildirmoqda. Biroq, 23 yoshli futbolchi hozircha jamoasini o‘zgartirishga shoshilmayapti.

Agar Martines jamoani tark etsa, "Aston Villa" Shevaleni olish uchun jiddiy qadamlar qo‘yadi. Frantsuz darvozaboni uchun klub 40 million evro so‘rashi mumkin.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Shevale "Lill" bilan Frantsiya chempionatini beshinchi o‘rinda yakunladi. U barcha musobaqalarda 48 o‘yinda ishtirok etib, 53 gol o‘tkazib yubordi va 13 o‘yinda darvozasi daxlsiz saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!