
"Aston Villa" Koutinoni sotishga tayyor
Filippe Koutino "Aston Villa"ning yangi bosh murabbiyi Unai Emerining rejalariga kirmaydi. Ayni damda jarohatda bo‘lgan futbolchi qishda klubni tark etishi mumkin.
Xabarlarda keltirishilicha, braziliyalik Italiyaga qaytishi mumkin. "Aston Villa" "Inter" yarim himoyachisi Hoqon Chalxono‘g‘luni tarkibga qo‘shib olishni istaydi va ikki futbolchini almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Koutino 2012-2013 yilgi mavsumda Milan klubida faoliyat olib borgan. U ushbu mavsum barcha chempionatlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar