
Ashraf Xakimi "Borussiya"da qolmoqchi
"Borussiya Dortmund"da ijara asosida to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Xakimi Germaniya Bundesligasi klubida qolish niyatida.
21 yoshli marokashlik futbolchi "asalarilar" safida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, shuningdek klub rahbariyati va muhlislarining qo‘llab-quvvatlashini his qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, futbolchi Madridga qaytib, u erda Dani Karvaxal bilan raqobatlashish niyatida emas. Shu sababdan Xakimi yozda "Real"dan Dortmund klubiga transferini to‘laqonli yakunlashlarini so‘rashni rejalashtirmoqda.
Fikrlar