
Artetaning toqati toq bo‘lgan!
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Nyukasl"ga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Nyukasl" har jabhada g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi! Biz bahsda hech nima qila olmadik. Jarohatlar sabab majburiy o‘zgarishlar bo‘lganini ham aytishim mumkin. Biroq bu bahona bo‘la olmaydi, ular kecha bizdan kuchliroq edi.
Nimalarnidir o‘zgartirishga harakat qildik. Ammo buni eplay olmadik. O‘tkazib yuborilgan gollar o‘ta achinarli xatolar sabab yuzaga keldi.
"Nyukasl" 10 marta yaxshiroq edi va biz bunaqa o‘yinimiz bilan chempionlar ligasi haqida hayol surishimizga hali erta! Bu juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi.
Biz "Everton"ni har qanaqasiga mag‘lub etishimiz kerak. Shuningdek, "Norvich"ning "Tottenxem"ni taslim etishini ham kutib qolamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar