
Arteta Sebalos haqida: U asosiy tarkib uchun kurashishi kerak
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ispaniyalik yarim himoyachi Dani Sebalos haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Dani bilan suhbatlashdim. Londonga kelganimda u Madridda "Real" qarorgohida edi. Biz u bilan birga atigi bir haftagina bo‘ldik. Shu sabab uning o‘yinini baholash uchun hali vaqtli.
Men u haqida ko‘p eshitdim, ammo bu mavzu bo‘yicha sharh bermoqchi emasman. Dani safga qaytishi va boshqalardek asosiy tarkib uchun kurashishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng barchasini tahlil qilib, adolatli qaror chiqaramiz", - deydi Arteta.
Fikrlar