Arteta: "Hali faqat birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi, Parijda g‘alaba qozonishimiz kerak"

  • 30 aprel, 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvida PSJga (0:1) yutqazganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Uyda qabul qilingan mag‘lubiyatga qaramasdan, ispaniyalik mutaxassis barchasi hali oldinda ekanini ta’kidladi.

– Biz ko‘proq narsaga munosib edik. Lekin bu – ikki uchrashuvdan iborat duelning faqat birinchi uchrashuvi bo‘ldi. 

– Buni "Real"ga qarshi o‘yindan keyin ham aytganman. Endi esa Parijga borib, g‘alaba qozonishimiz kerak.

– O‘yinni qayta ko‘rib chiqamiz va bir necha jihatlar bo‘yicha yaxshilanishga harakat qilamiz. Hozircha imkoniyatlar 50/50, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "kanonirlar" mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvi 7 may kuni Frantsiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!