
Arteta Boatengni "Arsenal"ga olib kelmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng bilan qiziqmoqda. Bu haqda Sport1.de xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli germaniyalik futbolchiga shaxsan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, myunxenliklar rahbariyati ham Boatengni joriy qishki transferlar davridayoq xayrlashmoqchi.
Ma’lumot uchun, Boateng bu mavsum “Bavariya”da 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. U nemis grandi safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar