
Arteta beshta futbolchidan voz kechdi
“Arsenal” yangi mavsumda bosh murabbiy Mikel Arteta rejalariga kirmaydtgan besh nafar futbolchini sotib yuborishini ma’lum qildi.
Birinchi bo‘lib, yarim himoyachi Lukas Torreyra A Seriya vakillariga sotib yuboriladi.Bu futbolchi uchun “Torino” va “Fiorentina” 25 million evro to‘lashga tayyor. Sokratis Papastatopulosga “Napoli”dan taklif bo‘lmoqda.
Ispaniyalik himoyachi Ektor Belerin uchun PSJ 35 million evro bermoqchi. Yana bir himoyachi Rob Xolding “Nyukasl”ga jo‘natiladi.
“Arsenal” uchun muammo bo‘lib turgan Matteo Genduzidan qator jamoalar yuz o‘girdi. Biroq, “Valensiya” rahbariyati bu futbolchini o‘ynata olishiga ishonmoqda.
Arteta mazkur futbolchilar sotuvidan keladigan 70 million funtga “Lion”dan Ussem Auar va “Atletiko”dan Tomas Partini olib kelmoqchi.
Fikrlar