
Arteta "Barselona"da?! Aslida haqiqat qanaqa?
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Barselona" bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatoriga kirmaydi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
OAVda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Kataloniya klubi prezidentlik saylovlarida Joan Laportaning nazariy g‘alabasi Artetaning tayinlanishi bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Ispaniyalik mutaxassisni hech kim “Barselona”ga taklif qilmagan va u Ronald Kumanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” ayni damda APL musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar