
Arteta “Arsenal”ga ikki superyulduz tanladi
“Arsenal” bir necha mavsumdan beri chempionlikka yaqin kelayotgan bo‘lsa-da, bosh sovrinni o‘ziniki qila olmayapti.
Bosh murabbiy Mikel Arteta bu kamchilikni bartaraf etish uchun tarkibni muntazam kuchaytirib borish lozimligini ta’kidlab keladi.
“Kanonirlar” ana shu maqsadda yozda ikkita katta transferga qo‘l urmoqchi. Manbalarning ma’lum qilishicha, londonliklar Ispaniya chempionatidan ikki superfutbolchi – Niko Uilyams va Martin Subimendini olib kelishga qaror qilgan.
“Arsenal” har ikki o‘yinchi uchun 60 million evrodan, jami 120 million evro tikishga tayyorligini bildirdi. Bu charm to‘p ustalari maydon markazini mustahkamlar va jamoaning hujum salohiyatini oshirish uchun taklif etiladi.
Transferlar bo‘yicha mutaxassislarning ma’lum qilishicha, “Arsenal” yangi ijrochilarni o‘z safiga qo‘shib olishda Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun yozda ayrim o‘yinchilari bilan xayrlashishga ham tayyor. Ketadiganlar ro‘yxatining eng yuqori qismida Leandro Trossard va Gabriel Martinellining nomi ko‘rsatilgan.
Fikrlar